GV

GeezerVison

The World Wide Web, restored to 800 pixels of glory.

Home|About|Gaming cabinet|Archives|How it works|Starter sites

On this site

  • Bosh Sahifa
  • Tanlangan maqolalar
  • Yangi sahifalar
  • Tasodifiy maqola
  • Maqolalar indeksi
  • Xato haqida xabar berish
  • Yangi oʻzgarishlar
  • Jamoa portali
  • Qoidalar
  • Yordam
  • Forum
  • Aloqa
  • Qidiruv
  • Loyihaga koʻmak

This view

  • Original page
  • New address

GeezerVison is showing uz.wikipedia.org — 2003 - Vikipediya

2006 — „Obod mahalla yili“. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida „Metallurg“ dam olish maskanining ochilish marosimi boʻldi.

  • 7-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Obod mahalla yili“ dasturini qabul qildi.
  • 14-mart — Toshkent shahrida dehqon va fermerlarning 2-Respublika qurultoyi boʻlib oʻtdi.
  • Mart — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida „Oʻzbekiston Qizil kitobi“ 2-jildining va Oʻzbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish milliy dasturining taqdimoti oʻtkazildi. Mart. Samarqand viloyatining Urgut shahrida gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi faoliyat boshladi.
  • 24-25-aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi, unda ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslari belgilab berildi.
  • Aprel — Toshkent shahrining Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida „Tinchlik qoʻngʻirogʻi“ majmuining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 4—5-may — Toshkentdagi „Turkiston“ saroyida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 12 yillik majlisi oʻtkazildi. Anjumanga 59 davlatdan 61 delegatsiya aʼzolari tashrif buyurdi.
  • 10-may — Taniqli oʻzbek shoiri Gʻafur Gʻulom tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi madaniyat va istirohat bogʻiga Gʻafur Gʻulom nomi berildi va bogʻda shoir haykali ochildi.
  • 14-20-may — Xorazmda „Umid nihollari“ sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.
  • 5-11-iyun — Andijon viloyatida „Barkamol avlod — 2003“ sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
  • Iyul — Namangan viloyatining Chust tumanida Oʻzbekiston—Shveysariya „Golden Frut“ qoʻshma korxonasi, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida AQSH—Oʻzbekiston „Kattaqoʻrgʻonmeva“ qoʻshma korxonasi ishga tushdi. Iyul. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Kampirtepa qishlogʻida noyob xazina — qadimiy kitoblar topildi.
  • Iyul — Toshkent fotosuratlar uyi Xalqaro badiiy foto federatsiyasi (FJAP) ga aʼzo boʻldi.
  • Avgust — Namangan shahrida „Yoshlar“ sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
  • Avgust — Sirdaryo viloyatining Mirzachoʻl tumanida yer qaʼridan tibbiyotda noyob, oʻta shifobaxsh hisoblangan radonli suv chiqdi.
  • Avgust — Nukus shahrida xalq isteʼmoli mollari mintaqaviy markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 25-30-avgust — Samarqand shahrida „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtdi. Unda 40 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashdi.
  • 29-30-avgust — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.
  • 29-avgust — „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni taʼsis etildi.
  • Avgust — Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida „Beshteks“ Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
  • 12-sentyabr — Nukusda shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi.
  • Oktabr — Toshkentdagi „Osiyo Granit“ korxonasi hududida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Avstriya — Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 15-noyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberaldemokratik partiyasining taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya ustavi va dasturi tasdiqlandi. Partiyaning „XXI asr“ haftalik gazetasi taʼsis etildi.
  • Noyabr — Termiz shahrida „Termiz—Xayraton“ koʻprigi oldida „Ayritom“ bojxona majmui ishga tushirildi.
  • 27-noyabr — Buxoro shahrida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.
  • 3-dekabr — Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.
  • 3-dekabr — Andijon viloyatiga Amir Temur ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Voqealar

  • 4-fevral — Yugoslaviya Ittifok Respublikasi tugatilib, uning oʻrnida Serbiya va Chernogoriya davlati tashkil topdi.
  • 20-mart — AQSh va Buyuk Britaniya terroristik harakatlarga javob berish niqobi ostida mustaqil davlat — Iroqqa hujum boshladi. Urushda Iroq magʻlubiyatga uchrab, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar etkazildi.
  • 5-oktyabr — Ahmad Qodirov Checheniston Respublikasi prezidenti etib saylandi.
  • 30-oktyabr — Dmitriy Medvedev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Administratsiyasining rahbari etib tayinlandi.
  • dekabr — Ozarbayjonda saylov boʻlib, pre­zident Geydar Alievning oʻgʻli Ilhom Aliev prezident etib saylandi.
  • AQSh prezidenti Kichik Jorj Bush, Isroil premer-ministri Ariel Sharon va Falastin Muxtoriyati hukumati raisi Mahmud Abbos oʻzaro uchrashib, „yoʻl xaritasi“ toʻgrisida reja qabul qilishdi.

Vafot etgan

Yana qarang: Turkum:2003-yilda vafot etganlar
  • 6-yanvar — Oleg Makarov, rus kosmonavti.
  • 26-yanvar — Valeriy Brumel, sovet atleti.
  • 28-may — Ilya Prigogine, Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti laureati.
  • 10-mart — Marina Ladynina, sovet aktrisasi
  • 3-iyul — Yuriy Shchekochixin, rus jurnalisti, Duma deputati
  • 4-avgust — Surojskiy Antoniysi, Xristianlik ruhoniy, faylasuf, vaʼzchi
  • 5-sentyabr — Kir Bulychov, sovetlik fan-fantast yozuvchi
  • 8-sentyabr — Leni Rifenshtal, olmon kinorejissyori
  • 26-oktyabr — Elem Klimov, rus kinorejissyori
  • 26-oktyabr — Leonid Filatov, aktyor, rejissyor, shoir.
  • 2-noyabr — Lev Gorlitskiy, sovet ixtirochi
  • 3-noyabr — Rasul Hamzatov, avar shoiri.

Nobel mukofoti laureatlari

  • Fizika — Aleksey Alekseyevich Abrikosov, Vitaliy Lazarevich Ginzburg va Antony James Leggett
  • Kimyo — Peter Agre va Roderick MacKinnon
  • Fiziologiya va tibbiyot — Paul Lauterbur va Peter Mansfield
  • Iqtisodiyot — Robert Engle va Llive Granger
  • Adabiyot — John Makswell Koetzee
  • Tinchlik — Shirin Ebadi


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=2003&oldid=6054555" dan olindi
Turkum::
  • 2003
Yashirin turkum:
  • Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolalari
You are visitor 01402503 — GeezerVison does not store the pages you look up.
Best viewed with Netscape Navigator 4.7 or Internet Explorer 6 at 800×600. No cookies required.