GeezerVisonThe World Wide Web, restored to 800 pixels of glory. |
| Home|About|Gaming cabinet|Archives|How it works|Starter sites |
GeezerVison is showing uz.wikipedia.org — Windows 10 Mobile - Vikipediya Windows 10 Mobile — Windows 10 ning toʻqqiz dyuymgacha ekran oʻlchamlariga ega mobil qurilmalar uchun moʻljallangan versiyasi hisoblanadi. Kattaroq kontent sinxronizatsiyasi, yangi „universal“ ilovalar va qurilmalarni tashqi displeyga ulash hamda smartfonni sichqoncha va klaviatura interfeysi bilan shaxsiy kompyuter sifatida ishlatish qobiliyatiga ega Windows-ning shaxsiy kompyuter versiyasi bilan koʻproq sinxronlashni taʼminlash uchun moʻljallangan. 2020-yil 14-yanvarda Microsoft Windows 10 Mobileni qoʻllab-quvvatlashni nihoyat yakunladi, chunki Fall Creators-ning yakuniy va skeyingi yangilanishi, shu jumladan uchinchi tomon ilovalaridagi Microsoft doʻkoni 2019-yil 31-dekabrdan keyin uzoq vaqt davomida qoʻllab-quvvatlanmadi. RivojlanishiMicrosoft 2012-yilda Windows operatsion tizimi asosida yagona ekotizim yaratishni boshladi. „Build 2014“da Microsoft Windows-ning barcha versiyalari uchun bir xil kod va interfeys yordamida yaratilgan „universal“ Windows ilovalari tushunchasini taqdim etgaan. Ilova uchun foydalanuvchi maʼlumotlari va litsenziyalari bir nechta platformalarda ham boʻlishi mumkin. 2015-yil 12-fevraldan boshlab Windows Insider dasturi doirasida tizimning ochiq beta-sinovi olib borilmoqda. „2015 Build“da Microsoft Android va iOS ilovalarini Windows 10 Mobile-ga oʻtkazishni osonlashtiradigan vositani, shu bilan birga, eksperimental Win-32 portini taqdim etdi. Dastlab operatsion tizim Android ish vaqtini oʻz ichiga olishi rejalashtirilgan edi, bu esa Java C++ da yozilgan dasturlarni Windows 10da foydalanish uchun moslashtirish imkonini berdi[1]. Ammo, 2016-yil boshida Microsoft Astoria loyihasi yopilganini maʼlum qildi[2]. Ammo Islandwood loyihasi dolzarbligicha qolmoqda, bu esa dastlab iOS uchun Windows 10 va Windows 10 Mobile uchun yozilgan ilovalarni qayta kompilyatsiya qilish imkoniyatini beradi. Qayta kompilyatsiya qilingan birinchi ilova Windows 10 va Mobile-da mavjud boʻlgan Instagram boʻldi. Windows doʻkonida Facebook Messengerning beta versiyasi ham chop etilgan edi[3]. Innovatsiyalari
NashrlariWindows 10 Mobile — Smartfonlar hamda kichik planshetlar Windows 10 Mobile Enterprise — bu mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan korporativ versiya hisoblanib, kuchaytirilgan xavfsizlik bilantaʼminlangan. Tizim talablariWindows 10 Mobile uchun minimal talablar Windows Phone 8 bilan deyarli bir xil: 512 MB operativ xotiraga ega smartfonlar reliz versiyasiga yangilanmaydi. Lekin ular 1 GB operativ xotiraga ega modelni almashtirish yordamida norasmiy ravishda yangilashlari mumkin. Microsoft doʻkonidagi oʻyinlar va ilovalarni qoʻllab-quvvatlashni tugatilishi2019-yilda Facebook oʻz ilovalarini Windows Phoneʼda qoʻllab-quvvatlamasligini maʼlum qildi. Facebook, Facebook Messenger, WhatsApp, Instagram ilovalari ushbu mobil qurilmalar uchun mavjud boʻlmaydi, ammo foydalanuvchi ularni Windows 10 shaxsiy kompyuteriga oʻrnatishi mumkin. Bunday qaror Windows 10 Mobile-ni qoʻllab-quvvatlash tugashi sababli qabul qilindi. Manbalar
|
| You are visitor 01402503 — GeezerVison does not store the pages you look up. Best viewed with Netscape Navigator 4.7 or Internet Explorer 6 at 800×600. No cookies required. |